Logo

"Maariv" gazetasi: O'zbekiston ko'chmas mulk, turizm, qishloq xo'jaligi va sanoatga sarmoya kiritish uchun jozibador sharoitlarni taklif etmoqda

Iyul 13, 2025. 14:40 • 2 daq

78
"Maariv" gazetasi: O'zbekiston ko'chmas mulk, turizm, qishloq xo'jaligi va sanoatga sarmoya kiritish uchun jozibador sharoitlarni taklif etmoqda

TEL-AVIV, 13-iyul. / "Dunyo" AA/. Isroilning nufuzli "Maariv" gazetasida "Isroil delegatsiyasi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

Portalda joylashtirilgan materialda ta'kidlanishicha, hozirgi geosiyosiy vaziyatga qaramay, O'zbekiston 38 millionga yaqin aholiga ega dunyoviy davlat sifatida ochiqlik, pragmatizm va Isroil bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligini namoyish etmoqda.

Qayd etilishicha, O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tufayli mamlakat Markaziy Osiyodagi ishonchli va istiqbolli hamkor sifatidagi imijini mustahkamlamoqda.

Maqolada poytaxtimizda bo'lib o'tgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida Isroil delegatsiyasining ishtiroki batafsil yoritilgan. Shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga faol hissa qo'shayotgan Isroildagi Nargiza Qodirova boshchiligidagi "Yangi O'zbekiston" savdo-investitsiya uyi faoliyatiga e'tibor qaratilgan.

"Forum mamlakatlar o'rtasidagi yangi iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, Isroil delegatsiyasi rangli metallardan buyumlar ishlab chiqarish korxonasiga bordi. Mazkur korxona bilan Isroilga rangli metallardan tayyorlangan mahsulotlarni yetkazib berish shartnoma tuzildi. Ilgari bunday imkoniyatlar hatto ko'rib chiqilmagan. Bugungi kunda O'zbekistonda ISO standarti bo'yicha sertifikatlangan, Isroil bozorida ham talab yuqori bo'lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan zamonaviy zavodlar faoliyat yuritmoqda", – deya Nargiza Qodirova so'zlaridan iqtibos keltirilgan materialda.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari hamkorlikning yangi yo'nalishlari aniqlashga turtki bo'lgani alohida urg'ulangan.

"Yangi bozorlarni izlayotgan isroillik investorlar uchun O'zbekiston ko'chmas mulk, turizm infratuzilmasi, qishloq xo'jaligi va sanoatga sarmoya kiritish uchun jozibador sharoitlarni taklif etadi. Mamlakatda turizm jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. O'tgan yili O'zbekistonga rekord darajadagi 10 million sayyoh kelgan bo'lsa, bu yil 12 milliondan ortiq sayyoh kelishi kutilmoqda", – deb yozilgan maqola yakunida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish