"Stimme der Hauptstadt": O'zbekistonning BMT Statistika komissiyasiga saylanishi mamlakatning global jarayonlarda o'sib borayotgan rolini tasdiqlaydi
May 12, 2025. 07:16 • 55 soniya
• 58
BERLIN, 13-may. /"Dunyo" AA/. Germaniya "Stimme der Hauptstadt" onlayn nashrida O'zbekistonning BMT Statistika komissiyasiga a'zolikka saylangani haqidagi maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma'lum qilinganidek, Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan BMT Statistika komissiyasining 2026-2029-yillarga a'zo davlatlarini saylash jarayonida O'zbekiston bir ovozdan ilk bora o'z tarixida ushbu organ a'zosi etib saylandi.
"Bu O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning xalqaro miqyosda tan olinganini va mamlakatning global jarayonlarda o'sib borayotgan rolini tasdiqlaydi", – deya ta'kidlangan nashrda.
Qayd etilishicha, Statistika komissiyasiga to'liq a'zo bo'lish O'zbekiston uchun global statistik siyosatni shakllantirishda ishtirok etish, milliy tajriba va islohotlar yutuqlarini namoyish etish, ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
"1947-yilda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi tomonidan funksional organ sifatida tashkil etilgan Statistika komissiyasi xalqaro statistika sohasining rivojlanishini belgilovchi asosiy hukumatlararo tashkilot sanaladi. BMTning ushbu organi 24 ta a'zo davlatdan iborat bo'lib, 4 yilda bir marta saylanadi", – deb yozgan "Stimme der Hauptstadt" nashri.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida