"El Mundo Financiero": O'zbekiston xalqaro hamkorlar bilan birgalikda kelajakka yo'naltirilgan yangi transport yo'nalishlarini ochmoqda
Avgust 06, 2025. 14:54 • 2 daq
• 63
MADRID, 7-avgust. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning "El Mundo Financiero" elektron nashrida "O'zbekiston xalqaro hamkorlar bilan birgalikda kelajakka yo'naltirilgan yangi transport yo'nalishlarini ochmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqola 5-avgust kuni Turkmanistonda bo'lib o'tgan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha III konferensiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtirokiga bag'ishlangan. "Unda 32 ta mamlakat, 100 dan ortiq yuqori darajadagi delegatsiyalar va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirok etdi. Tadbir doirasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy loyihalar, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy kunlari ham tashkil etildi", – deyiladi maqolada.
Bunday konferensiyalar har o'n yilda bir marta o'tkaziladi. Birinchisi 2003-yili Olmaotada, ikkinchisi esa 2014-yili Venada bo'lib o'tgan. Mazkur konferensiyalar yakunida Olmaota va Vena dasturlari qabul qilingan. Ularda Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan mamlakatlar uchun tranzit infratuzilmasini rivojlantirish muammolarini hal etishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.
O'zbekiston mazkur xalqaro sa'y-harakatlarda faol ishtirok etib, transport va logistika infratuzilmasini yangilash, yangi xalqaro yo'laklar yaratish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. "Transafg'oniston temir yo'li, "Bir makon-bir yo'l" tashabbusi va boshqa ko'plab yo'nalishlar orqali O'zbekiston o'zining strategik ahamiyatini mustahkamlamoqda va global iqtisodiyotga integratsiyalashuv yo'lidan dadil ilgarilamoqda", – deb yozilgan maqola yakunida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida