Logo

"El Mundo Financiero": TXIF – Markaziy Osiyoning haqiqiy investitsiya markaziga aylanib borayotgan O'zbekiston salohiyatini namoyon etadi

Mart 12, 2024. 12:03 • 2 daq

110
"El Mundo Financiero": TXIF – Markaziy Osiyoning haqiqiy investitsiya markaziga aylanib borayotgan O'zbekiston salohiyatini namoyon etadi

MADRID, 12-mart. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning "El Mundo Financiero" elektron nashrida "Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish jarayoni boshlandi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Joriy yilning 2-3-may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) bo'lib o'tadi, – deyiladi manbada. – Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma'lumotiga ko'ra, TXIF – bu nafaqat O'zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi".

Qayd etilganidek, forumning har bir ishtirokchisi hamkorlar bilan manfaatlar kesishadigan nuqtalarini topishi, muayyan investitsiya loyihalarini o'rganishi, o'nlab yo'nalishlarda ro'y berayotgan so'nggi tendensiyalarni muhokama qilishi va istiqbolli takliflarni qabul qilishi mumkin bo'ladi.

"Forum kun tartibida dunyodagi iqtisodiy turbulentlik fonida barqaror o'sish sur'atlarini namoyish etayotgan, bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning haqiqiy investitsiya markaziga aylanib borayotgan O'zbekistonning salohiyatini namoyon etish alohida o'rin tutadi. 2024-yilda Toshkent sayyoramizning barcha qit'alaridan yanada ko'proq mehmonlar – investorlar, rasmiylar va tahlilchilarni qabul qilishi kutilmoqda", – deya urg'ulagan "El Mundo Financiero".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish