Asdaa Oman” gazetasi: O‘zbekistonning iqtisodiy erkinlik indeksida o‘sishi kuzatildi
Aprel 04, 2026. 15:00 • 2 daq
• 65
MASQAT, 4-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘mondagi ommabop “Asdaa Oman” gazetasida O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari va xalqaro reytinglardagi o‘sishiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda yozilishicha, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2026-yil uchun eʼlon qilingan Iqtisodiy erkinlik indeksi natijalari O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqei sezilarli darajada yaxshilanganini ko‘rsatadi. Xususan, mamlakat 184 ta davlat orasida 86-o‘rinni egallab, 60,3 ball to‘plagan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,3 ballga yuqorilagan.
O‘zbekiston ilk bor “asosan erkin iqtisodiyot” toifasiga kiritildi. Mamlakat ko‘rsatkichlari nafaqat jahon o‘rtacha darajasidan, balki Osiyo-Tinch okeani mintaqasining o‘rtacha darajasidan ham yuqori ekani qayd etilgan.
Tahlillarga ko‘ra, indeksni shakllantiruvchi 12 ta asosiy ko‘rsatkichdan 8 tasida ijobiy o‘sish kuzatilgan. Ayniqsa, soliq yukining kamaytirilishi, davlat xarajatlarining optimallashtirilishi va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash borasidagi ishlar xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholangan.
“Asdaa Oman” nashri O‘zbekistonning bozor ochiqligi, investitsiyaviy jozibadorligi va savdo erkinligi yo‘nalishlaridagi natijalarini ham alohida eʼtirof etgan. Shu bilan birga, mulk huquqini himoya qilish, sud tizimi samaradorligini oshirish va davlat boshqaruvi sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham eʼtibor qaratilgan.
Nashr xulosasida O‘zbekistonda moliyaviy sektorni modernizatsiya qilish va bozor mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etayotganini taʼkidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi