“London Post”: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xorijiy investorlarni tobora o‘ziga tortmoqda
Aprel 04, 2026. 10:00 • 2 daq
• 121
LONDON, 4-aprel. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning ommabop “London Post” portalida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish va investitsiyalar uchun yaratilgan imkoniyatlarga bag‘ishlangan tahliliy maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotida agrar sektor strategik ahamiyatga ega va mamlakat YAIMning qariyb 18–19 foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich dunyodagi o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lib, sohada mehnatga layoqatli aholining to‘rtdan biri band ekanini ko‘rsatadi.
Britaniyalik o‘quvchilar uchun maqolada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasidagi to‘qqizta ustuvor yo‘nalish haqida maʼlumot berilgan. Davlat kvotalarining bekor qilinishi va narxlarni liberallashtirish bog‘dorchilik va sabzavotchilik kabi serdaromad tarmoqlarni rivojlantirishga turtki bo‘lgani qayd etilgan.
Materialda shuningdek, O‘zbekiston anʼanaviy paxta va g‘alla yetishtirishdan diversifikatsiyalashgan modelga o‘tgani taʼkidlangan. Hozirda mamlakatda millionlab tonna meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari yetishtirilmoqda, bu esa eksport salohiyatini oshirish va yangi xalqaro bozorlarga chiqish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Alohida eʼtibor raqamlashtirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. Subsidiyalarni taqsimlashning elektron tizimlari va fermerlar uchun raqamli platformalar fermerlar uchun maʼmuriy to‘siqlarni kamaytirib, boshqaruv samaradorligini oshirdi.
“London Post” xulosasiga ko‘ra, qulay iqlim sharoiti, davlat qo‘llab-quvvatlashi va innovatsion yechimlarning uyg‘unligi O‘zbekistonni mintaqaviy va xalqaro agrar bozorda faol ishtirokchiga aylantirmoqda. Bu xorijiy investorlar uchun qishloq xo‘jaligi sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi