Logo

"Wrkaa news"gazetasi: Tarix va zamonaviylik bilan yo'g'rilgan Buxoro – o'zbek madaniyatining yuksak namunasi hisoblanadi

Avgust 08, 2025. 09:13 • 2 daq

36
"Wrkaa news"gazetasi: Tarix va zamonaviylik bilan yo'g'rilgan Buxoro – o'zbek madaniyatining yuksak namunasi hisoblanadi

AR-RIYOZ, 10-avgust /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Wrkaa news" gazetasida "Buxoro – Ipak yo'lining durdonasi, ilm-fan va sivilizatsiya beshigi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan Buxoro, ming yillik tarixga ega muqaddas shahar ekanligi qayd etilgan. "Ushbu qadim kent Imom al-Buxoriy va Ibn Sino kabi buyuk allomalarga beshik bo'lgan ye va islom ilm-fani taraqqiyotida muhim o'rin tutgan. "Islom gumbazi" deya tan olingan Buxoro qadimda Sharq va G'arbni o'zaro bog'lab turgan Buyuk ipak yo'lidagi muhim markaz o'laroq shuhrat qozongan", – deyilgan nashrda.

Shahar o'zining ko'plab tarixiy yodgorliklari, jumladan Poi Kalon ansambli, Samoniylar maqbarasi va qo'hna Ark qal'asi bilan mashhur. Bu inshootlar nafaqat arxitektura san'atining yuksak namunasi, balki tarixiy voqealarning guvohi hamdir. Buxoro bozorlari, jumladan Toqi-Zargaron hali ham an'anaviy savdo va hunarmandchilik markazi bo'lib qolmoqda.

"Buxoro bugungi kunda o'zining yuksak sayyohlik salohiyati bilan butun dunyodan sayyohlarni faol jalb etib kelayotir. Sayyohlar milliy oshxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari, an'anaviy festivallar va tarixiy mehmonxonalar orqali shaharning zamonaviy hamda tarixiy jozibasini his etishlari mumkin. YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan ushbu shahar, tarix va zamonaviylik bilan yo'g'rilgan hamda o'zbek madaniyatining yuksak namunasi hisoblanadi", – deb yozilgan maqola oxirida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish