Yevropa OAV O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Markaziy Osiyodagi ekologik muammolar to'g'risidagi rezolyutsiya haqida
Yanvar 03, 2024. 11:01 • 2 daq
• 73
BRYUSSEL, 3-yanvar. /"Dunyo" AA/. Yevropa geosiyosiy forumi rasmiy veb- saytida «BMT Bosh Assambleyasi O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan Markaziy Osiyoning ekologik tahdidlari to'g'risidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi» sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ta'kidlanganidek, BMT Bosh Assambleyasi «Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: barqaror rivojlanish va farovonlik yo'lida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qildi.
«Rezolyutsiya matnini ishlab chiqish va kelishish bo'yicha hukumatlararo muzokaralar jarayoni BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida bo'lib o'tdi,- deyiladi maqolada. - Maslahatlashuvlarda dunyoning barcha qit'alaridan, jumladan AQSh, Rossiya, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Misr, Argentina, Braziliya, Meksika va boshqa davlatlarning ekspertlari faol ishtirok etishdi. Yakunda 100 dan ortiq davlat vakillari, hujjat matnini o'ziga xos mazmun bilan to'ldirish va umumiy konsensusga erishish uchun ko'plab takliflarni kiritdilar».
Shuningdek, hujjat matnida O'zbekiston Prezidentining qator tashabbuslari, jumladan, «Markaziy Osiyo uchun "yashil" kun tartibi» va uning mintaqada barqaror rivojlanishga ko'maklashishdagi roli alohida ta'kidlangan. Rezolyutsiyada BMTga a'zo davlatlar O'zbekistonning Xalqaro iqlim forumini 2024-yilda Samarqand shahrida o'tkazish tashabbusini ham olqishladi.
Mazkur rezolyutsiyada Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistonning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi tashabbuslari ham bayon etilgan.
«Hujjat barcha Markaziy Osiyo davlatlari nomidan taqdim etildi. Rezolyutsiya hammualliflari qatoriga Germaniya, Shveysariya, Turkiya, Xitoy, Singapur, Vengriya, Vyetnam, Ozarbayjon, Armaniston, Malayziya, Indoneziya, Misr, Iordaniya, Paragvay kabi davlatlar ham kirdi», - deb yozilgan Yevropa geosiyosiy forumi saytida e'lon qilingan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari Termiz o‘zaro bog‘liqlik muloqotining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishini keng yoritmoqda



