"Agnaden" gazetasi: Toshkentda VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi bo'lib o'tadi
Avgust 11, 2025. 16:06 • 1 daq
• 58
BAG'DOD, 11-avgust. /"Dunyo" AA/. Iroqning "Agnaden" gazetasi "Toshkentda sakkizinchi Markaziy Osiyo ekspertlar forumi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda joriy yilning 14-15-avgust kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyo – ishonch, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning umumiy makoni" mavzusida VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi (MOEF) bo'lib o'tishi ma'lum qilingan.
"2018-yilda tashkil etilgan MOF har yili Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuviga raislik qilayotgan mamlakatda o'tkaziladi, deyiladi materialda. – Forum mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim maydoncha vazifasini bajaradi va Markaziy Osiyo davlatlarining o'zaro aloqalarini yanada rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi".
Ma'lum qilinganidek, forum O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan tashkil etilmoqda. Tadbir hamkorlari – BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT), Konrad Adenauer nomidagi jamg'arma.
"Bo'lajak ekspertlar muloqoti manfaatlar to'qnashgan nuqtalarni aniqlash va Markaziy Osiyoning kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlarini belgilab berishi kutilmoqda. Ishlab chiqilgan tavsiyalar joriy yilda O'zbekistonda o'tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibini boyitishga muhim hissa qo'shadi", – deb yozgan "Agnaden" gazetasi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida