Logo

"Avesta" AA: TXIF — bu nafaqat O'zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi

Mart 01, 2024. 18:07 • 2 daq

144
"Avesta" AA: TXIF — bu nafaqat O'zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi

DUSHANBE, 4-mart. /"Dunyo" AA/. Tojikistonning "Avesta" axborot agentligi "O'zbekistonda uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga ro'yxatdan o'tish boshlandi" sarlavhali maqola e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada xabar qilinishicha, joriy yilning 2-3-may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) bo'lib o'tadi.

Agentlik ma'lumotiga ko'ra, TXIF — bu nafaqat O'zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. An'anaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bag'ishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va muzokaralari kiritilgan.

"Forum kun tartibida dunyodagi iqtisodiy turbulentlik fonida barqaror o'sish sur'atlarini namoyish etayotgan, bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning haqiqiy investitsiya markaziga aylanib borayotgan O'zbekistonning salohiyatini namoyon etish alohida o'rin tutadi", – deb yozgan "Avesta" agentligi.

Eslatib o'tamiz, onlayn ro'yxatdan o'tish www.iift.uz saytida 2024-yilning 25-apreliga qadar davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish