Logo

Saudiya OAVda O‘zbekistondagi islohotlar va muhim tadbirlar keng yoritildi

Aprel 16, 2026. 15:20 • 2 daq

389
Saudiya OAVda O‘zbekistondagi islohotlar va muhim tadbirlar keng yoritildi

AR-RIYOZ, 2-may. /«Dunyo» AA/. Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Teleradiokompaniyalar ittifoqi (OSBU) veb-saytida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar va muhim xalqaro tadbirlarga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Portalda e’lon qilingan maqolalarda O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining Buxoro shahridagi uchrashuvi hamda ikki davlat rahbarlarining ko‘hna shahardagi boy tarixiy meros bilan tanishishi alohida yoritilgan.

Maqolada yozilishicha, ushbu oliy darajadagi uchrashuv ikki qardosh xalqning madaniy-ma’naviyatini asrab-avaylash hamda strategik sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Nashrda Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladigan «Boysun bahori» xalqaro folklor festivaliga ko‘rilayotgan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan maqola ham chop etilgan. Materialda mazkur madaniy anjumanning YUNESKO tomonidan e’tirof etilgan noyob qadriyatlarni dunyoga tanitish va Markaziy Osiyo turizm salohiyatini oshirishdagi o‘rni yuqori baholagan.

Veb-saytda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan Islom banklari to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati haqida ham maqola e’lon qilingan. Unda mamlakat moliya tizimida joriy etilayotgan yangi huquqiy asoslar iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish hamda xorijiy investitsiyalar ko‘lamini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish