O‘zbekistonning turistik jozibasi Polsha OAV eʼtiborida
May 04, 2026. 22:30 • 2 daq
• 172
VARSHAVA, 6-may. /“Dunyo” AA/. Polshaning “Onet” internet-portalida O‘zbekistonning boy madaniyati haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Portalda taʼkidlanishicha, O‘zbekiston sayyohlarni xizmatlarning arzonligi, rivojlangan turizm infratuzilmasi, tarixiy merosi va aholining mehmondo‘stligi bilan jalb etib kelmoqda. Sayyohlar bu yerdagi milliy qadriyatlar, transport infratuzilmasi, tarixiy shaharlar va unutilmas taassurotlar haqida to‘lqinlanib gapirmoqda.
Materialda xorijlik blogerlarning O‘zbekiston haqidagi taassurotlari ham keltirilgan. Ular O‘zbekistonni sayohat qilish uchun eng qiziqarli mamlakatlardan biri sifatida taʼriflagan. Xususan, mamlakatda kam mablag‘ evaziga diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish, milliy taomlarni tatib ko‘rish va mahalliy xizmatlardan foydalanish mumkinligi qayd etilgan.
Toshkentga alohida eʼtibor qaratilgan bo‘lib, u zamonaviy arxitektura va tarixiy meros uyg‘unlashgan, shuningdek, ko‘pincha yer osti muzeylari bilan taqqoslanadigan noyob metro bekatlariga ega shahar sifatida tasvirlangan.
O‘zbekiston sayyohlar uchun xavfsiz yo‘nalish hisoblanib, qulaylik, madaniyat va tabiiy diqqatga sazovor joylarning noyob uyg‘unligi bilan ajralib turadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi