Logo

Irkutsk viloyati O'zbekiston mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri sotib olishdan manfaatdor

May 05, 2025. 19:54 • 40 soniya

84
Irkutsk viloyati O'zbekiston mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri sotib olishdan manfaatdor

IRKUTSK, 5-may. /"Dunyo" AA/. "Sibirskiy ekspress" portali va telegram kanalida "Irkutskda o'zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Irkutsk viloyati hukumati hududda O'zbekiston mahsulotlarini ulgurji tarqatish markazlarini yaratish masalasi ustida faol ish olib borayotgani ta'kidlangan.

"Oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste'moli mollari, ayniqsa, to'qimachilik mahsulotlari mahalliy aholi orasida talabga ega. Shu munosabat bilan mahsulot yetkazib berishda vositachilar sonini kamaytirish, ularni saqlash uchun omborxonalar tashkil etish maqsadida savdo-logistika markazlarini yaratish masalasi ishlab chiqilmoqda", – deya Irkutsk viloyati iqtisodiy rivojlanish va sanoat vazirining o'rinbosari Marina Petrovaning so'zlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.

Maqolada, shuningdek, Irkutsk viloyati O'zbekiston tomoni bilan qishloq xo'jaligi sohasida hamkorlik qilishdan, jumladan, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishdan manfaatdorligi urg'ulangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish