Ispaniya OAV: O'zbekistonga sayyohlar oqimining o'sishi respublikaga madaniy, tarixiy va gastronomik turizm markazi sifatida qiziqish ortib borayotgani bilan bog'liq
Iyul 15, 2025. 07:20 • 2 daq
• 72
MADRID, 15-iyul. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning ommabop "El Mundo Financiero", "GironaNoticies.com" va "Diarioya.es" elektron nashrlarida "O'zbekiston mintaqaning turizm xaritasida o'z o'rnini mustahkamladi" sarlavhali maqolalar e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrlarda 2025-yilning yanvar-aprel oylarida O'zbekistonga 3 milliondan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda kelgani, bu raqamlar 2024-yilning ushbu davriga nisbatan 46,4 foizga ko'p ekanligi ta'kidlangan.
Ispaniya OAV, shuningdek, O'zbekistonga joriy yilning birinchi to'rt oyi turistlar oqimi 987,9 ming kishiga oshganini ma'lum qilgan.
Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 46,4 foizga ko'pdir. Bunday sezilarli dinamika respublikaning sayyohlik maskani sifatida jozibadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Materiallarda ma'lum qilinganidek, ushbu davrda O'zbekistonga eng ko'p sayyohlar Qirg'iziston (942 ming kishi), Tojikiston (qariyb 794 ming kishi), Qozog'iston (617 ming kishi) va Rossiyadan (240 mingdan ortiq) kelgan.
"Uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari ham O'zbekistonga sayohat qilishga katta qiziqish bildirdi. Xususan, ushbu davrda Turkiyadan 49,4 ming, Xitoydan 38,1 ming, Hindistondan 22,6 ming, Italiyadan 11,1 ming va boshqa davlatlaridan yana 136,8 ming mehmon O'zbekistonga keldi", – deya urg'ulangan manbalarda.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, sayyohlar oqimining barqaror o'sishi O'zbekistonga madaniy, tarixiy va gastronomik turizm markazi sifatida qiziqish ortib borayotgani bilan bog'liq. Mamlakatda turizm infratuzilmasi, transport logistikasi va xalqaro reklama faol rivojlanmoqda, deb ta'kidlangan.
"Mamlakat hukumati xorijiy sayyohlarni yanada ko'proq jalb qilish maqsadida viza rejimini soddalashtiryapti va havo qatnovlari geografiyasini kengaytirmoqda. Davlat turizmning barqaror o'sishiga umid qilmoqda va sanoatni barcha darajalarda – infratuzilmadan tortib xalqaro imijgacha rivojlantirishni qo'llab-quvvatlamoqda", – deb yozgan Ispaniya OAV.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida