"Kabar": 2-3-may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tadi
Fevral 28, 2024. 18:58 • 2 daq
• 100
BISHKEK, 28-fevral. /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonning "Kabar" axborot agentligi "Toshkent xalqaro investitsiya forumi may oyida bo'lib o'tadi" sarlavhali maqola e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga tayanib xabar qilinishicha, poytaxtda 2-3-may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-III) bo'lib o'tadi.
"Forum dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bag'ishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va B2B muzokaralari kiritilgan, ‑ deyiladi xabarda. ‑ Forumning har bir ishtirokchisi hamkorlar bilan manfaatlar kesishadigan nuqtalarini topishi, muayyan investitsiya loyihalarini o'rganishi, o'nlab yo'nalishlarda ro'y berayotgan so'nggi tendensiyalarni muhokama qilishi va istiqbolli takliflarni qabul qilishi mumkin bo'ladi".
Agentlikning eslatishicha, TIIF-2023 o'z maydonida 70 mamlakatdan 2500 ishtirokchini jamlab, 11 milliard dollarlik 164 hujjat imzolangan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi