Logo

Vengriyadan munosabat: O‘zbekiston bildirayotgan ekologik tashabbuslar real natijalarga asoslangan

Aprel 24, 2026. 17:28 • 2 daq

146
Vengriyadan munosabat: O‘zbekiston bildirayotgan ekologik tashabbuslar real natijalarga asoslangan

BUDAPESHT, 24-aprel. /“Dunyo” AA/. Vengriyadagi Korvinus universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Marton Krasnay “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi yig‘ilishidagi ishtiroki haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

– Sammitning yalpi majlisida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va boshqa ishtirokchi mamlakatlar vakillari muhim maʼruzalar bilan qatnashdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqini diqqat bilan kuzatdim.

O‘zbekiston yetakchisining nutq oddiy bayonot emas, balki amaliy yechimlarga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslarga boyligi bilan ajralib turdi. Xususan, O‘zbekistonda ekologik va iqlim masalalari bo‘yicha mintaqaviy markazlar tashkil etish, davlatlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladigan yangi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish kabi muhim g‘oyalar ilgari surildi.

O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning salbiy taʼsirini kamaytirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari eʼtiborga molik. Fikrimcha, mamlakat nafaqat hozirgi muammolarni hal qilishga, balki o‘tmishdan qolgan ekologik muammolarni, ayniqsa Orol dengizi bilan bog‘liq vaziyatni yumshatishga ham jiddiy yondashmoqda.

Bu yerda eng muhim jihat – yondashuvning muvozanatli ekanidir. Yaʼni, O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida ham moslashish (adaptatsiya), ham salbiy taʼsirni kamaytirish choralarini birgalikda amalga oshirmoqda. Bu esa uzoq muddatli va barqaror strategiya shakllanayotganidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning iqlim siyosatidagi yondashuvi amaliy va reallikka mos. Yaʼni, boshqa ayrim holatlarda kuzatiladigan faqat gap va deklaratsiyalarga emas, balki aniq natija berishi mumkin bo‘lgan loyihalarga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

O‘ylashimcha, O‘zbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyoda ekologik va iqlim siyosatini ilgari surishda faol va ishonchli hamkor sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ilgari surilayotgan tashabbuslar esa nafaqat mintaqa, balki xalqaro miqyosda ham ijobiy natijalar berishi shubhasiz.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish