Ozarbayjon OAV O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatini e'tirof etmoqda
Iyul 24, 2024. 19:26 • 2 daq
• 218
BOKU, 24-iyul. / "Dunyo" AA/. Ozarbayjonning ommabop "Novaya epoxa" axborot-tahliliy elektron gazetasida "O'zbekistonning yangi strategiyasi – yosh avlodni qo'llab-quvvatlashning yangi yo'nalishi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017-2021-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi, 30-iyun – "Yoshlar kuni" deb e'lon qilindi. Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi sifatida O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi", – deb ta'kidlangan materialda.
Nashrda respublikada amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining strategik maqsadi har bir yoshning erkin ta'lim olish, samarali mehnat faoliyatini olib borish, o'z-o'zini anglash va ijodiy rivojlanishi uchun sharoit yaratish, ijtimoiy hayotning barcha jabha darajasiga ko'tarilganligi yurtimizda o'rnak olsa arzigulik tajriba to'planishiga imkon berishi qayd etilgan.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, iste'dodli yoshlarni izlash va ularni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda yurtimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. Masalan, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri yoshlarning iste'dod va qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilganligi ahamiyatga molikdir.
"2019-yil mamlakat rahbarining alohida farmoni bilan, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi "El-yurt umidi" jamg'armasi tashkil etildi, – deyiladi maqolada. – Ushbu jamg'arma tomonidan ajratilayotgan ta'lim grantlari orqali minglab iste'dodli yoshlarimiz rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzi oliygohlarida tahsil olishga va ilg'or xorijiy tajribani o'zlashtirishga musharraf bo'lmoqda".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida