Logo

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo'lish bo'yicha muzokaralarni yakunladi

Noyabr 20, 2023. 14:14 • 52 soniya

341
O'zbekiston va Saudiya Arabistoni mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo'lish bo'yicha muzokaralarni yakunladi

AR-RIYOZ, 20-noyabr. /«Dunyo» AA/. Saudiya Arabistonining «An-Nahar news» gazetasida «O'zbekiston Saudiya Arabistoni bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo'lish bo'yicha muzokaralarni yakunladi» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Nashrda O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo'lish bo'yicha Ishchi guruhining 7-yig'ilishi arafasida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida a’zolik bo'yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to'g'risida bayonnoma imzolangani ma’lum qilingan. Qayd etilganidek, bu bilan O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo'lishi bo'yicha yakuniy kelishuvni imzolagan davlatlar soni yana bittaga oshdi.

Maqolada, shuningdek, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo'lishi doirasida Saudiya Arabistoni bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo'yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to'g'risidagi protokol imzolangani xabar qilingan.

«Bayonnoma 15-noyabr kuni Jahon savdo tashkilotining Jenevadagi qarorgohida O'zbekiston Prezidentining JST masalalari bo'yicha maxsus vakili Azizbek O'runov va Saudiya Arabistonining JSTdagi elchisi Saqr al-Muqbel tomonidan imzolandi, - deb yozgan nashr. – Marosimda, shuningdek, O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo'yicha idoralararo komissiya raisi Jamshid Xo'jayev ishtirok etdi».

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish