Logo

Osakada davom etayotgan "Ekspo-2025" Butunjahon ko'rgazmasi maydonida qurilgan O'zbekiston pavilyoni Yaponiya OAV diqqat markazida

Aprel 29, 2025. 07:12 • 47 soniya

99
Osakada davom etayotgan "Ekspo-2025" Butunjahon ko'rgazmasi maydonida qurilgan O'zbekiston pavilyoni Yaponiya OAV diqqat markazida

TOKIO, 29-aprel. /"Dunyo" AA/. Yaponiyaning yetakchi iqtisodiy va texnologik nashrlaridan biri – "Nikkei Xtech" platformasida Osaka shahrida davom etayotgan "Ekspo-2025" Butunjahon ko'rgazmasi hududida qurilgan O'zbekiston pavilyoniga bag'ishlangan maxsus maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston pavilyonining arxitektura va dizayn yechimlari, zamonaviy installyatsiyalar orqali taqdim etilgan 360° videolar, shuningdek, pavilyonning "Bilimlar bog'i" konsepsiyasi haqida batafsil ma'lumot berilgan. O'zbekistonning Samarqand shahri va uning mashhur "Moviy Samarqand" (Samarkand Blue) mozaikalari, milliy madaniy meros elementlari innovatsion yondashuvlar orqali keng namoyon etilgani qayd etilgan.

"Pavilyonning qurilishi va bezak ishlarida yapon ustalari ishtirok etdi va unda Yaponiyaning yuqori sifatli tabiiy materiallari qo'llanilgan", – deyilgan maqolada.

Ta'kidlanganidek, 13-aprel kuni ochilgan "Ekspo-2025" ko'rgazmasi 13-oktabrga qadar davom etadi. Butunjahon ko'rgazmasini o'tkazish bo'yicha Yaponiya Assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, 158 mamlakat ishtirok etayotgan mazkur tadbirga 6 oy davomida 28,2 million mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish