Logo

Pokiston OAV: O'zbekiston Prezidenti tomonidan TDT sammitida ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy ijrosi turkiy davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi

May 24, 2025. 14:41 • 2 daq

46
Pokiston OAV: O'zbekiston Prezidenti tomonidan TDT sammitida ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy ijrosi turkiy davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi

ISLOMOBOD, 24-may. /"Dunyo" AA/. Pokiston matbuotida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21-may kuni Budapesht shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammiti ishtirokini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, ushbu mamlakatning "Global News Pakistan" axborot agentligi, "Pakistan in the World" va "The Diplomatic Insight" jurnallari, "The Asian Telegraph" va "Daily Big Digit" gazetalari, "The Gulf Observer", "The Europe Today" va "World News" yangiliklar platformalarida a O'zbekiston yetakchisining TDT sammitidagi nutqi va uning doirasida ilgari surilgan muhim tashabbuslarning ahamiyatiga doir turkum maqolalar e'lon qilindi.

Maqolalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida dunyoda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar kuchayib borayotgan, iqlim o'zgarishi tobora dolzarb masalaga aylanayotgan murakkab sharoitda turkiy mamlakatlar o'zaro hamjihatlik va amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashi lozimligini ta'kidlaganini, turkiy xalqlarni institutsional va strategik asosdagi hamkorlikni rivojlantirishga chaqirgani alohida qayd etgan.

"O'zbekiston rahbari qator amaliy tashabbuslarni ilgari surildi, – deyilgan materiallarda. – Turkiy davlatlar o'rtasidagi o'zaro savdo hajmini oshirish maqsadida "Turk-treyd" onlayn platformasini yaratish, tovar ayirboshlashni kengaytirishga qaratilgan maxsus dasturni ishlab chiqish, Transkaspiy xalqaro yo'lagida yuk tashishni soddalashtirish uchun "yagona darcha" va "yashil yo'laklar" tizimini joriy etish, shu maqsadda joriy yil noyabr oyida Toshkentda Turkiy davlatlarning multimodal transport va logistika forumini o'tkazish kabi tashabbuslar shular jumlasidandir".

Nashrlarda O'zbekiston Prezidentining investitsiyaviy hamkorlik yo'nalishidagi tashabbuslari – Turkiy investitsiya jamg'armasini faollashtirish, innovatsion loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun Qo'shma venchur kompaniyalar tashkil etish va investitsiya imkoniyatlarini to'liq aks ettiradigan yagona onlayn portal yaratish takliflariga ham katta e'tibor qaratilgan qiziqish bilan e'tirof etilgan.

Shuningdek, maqolalarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetini ochish tashabbusi ham alohida qayd etilib, bu universitetning kelgusida turkiy mamlakatlar yoshlarini tayyorlash va umumiy ta'lim dasturlarini amalga oshirishda muhim o'rin tutishi ta'kidlangan.

Pokiston matbuot manbalariga ko'ra, O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar nafaqat mintaqa, balki butun Yevroosiyo makonida barqaror taraqqiyot, xavfsizlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlashga, turkiy davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish