“Q8 Press”: Turkistondagi sammit TDTning xalqaro nufuzini yana-da mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega
May 14, 2026. 20:55 • 2 daq
• 184
AL-KUVAYT, 14-may. /“Dunyo” AA/. Quvaytning “Q8 Press” nashrida Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan sammitlar hamda unda O‘zbekistonning tutgan o‘rniga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Dunyo” AA tomonidan tayyorlangan maqolada 15-may kuni Qozog‘istonning Turkiston shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning norasmiy sammitiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Taʼkidlanishicha, mazkur tadbir tashkilotga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning kelgusi ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga ega.
Nashrda turkiy tilli davlatlarning ilk sammitidan tortib zamonaviy Turkiy davlatlar tashkilotining tashkil etilishigacha bo‘lgan davr batafsil yoritilgan. Madaniy-tarixiy meros, til va anʼanalar mushtarakligining ahamiyati, jadidchilik harakatining turkiy xalqlarni maʼnaviy va intellektual yaqinlashtirish g‘oyalarini shakllantirishga qo‘shgan hissasi qayd etilgan.
O‘zbekistonning TDT faoliyatidagi faol roliga alohida urg‘u berildi. Qayd etilishicha, yurtimiz 2019-yilda tashkilotga aʼzo bo‘lganidan so‘ng integratsiya jarayonlari sezilarli darajada faollashdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari esa ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga yangi surʼat bag‘ishladi.
Maqolada O‘zbekiston turkiy dunyoda o‘zaro ishonchni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va umumiy texnologik makonni yaratish tarafdori ekani bayon qilingan.
Ekspertlar fikricha, Turkistonda bo‘lib o‘tadigan sammit TDTga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Shuningdek, tashkilotning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“The Gulf Observer”: O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqaro maydonda ekologiya sohasida muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda

“El País”: Buxoro va Toshkent – O‘zbekistonning o‘tmish va kelajagini ifodalovchi betakror shahar


