Samarqand shahri "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitiga mezbonlik qiladi
Aprel 01, 2025. 07:20 • 2 daq
• 129
BERLIN, 1-aprel. /"Dunyo" AA/. Yevropa Ittifoqi Kengashi rasmiy veb-saytida joriy yilning 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitiga bag'ishlangan maqola qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda sammit ishida Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen, shuningdek, Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston hukumat rahbarlari qatnashish kutilayotgani ta'kidlangan.
"Mazkur sammit Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlariga ikki tomonlama munosabatlarni yanada jadallashtirish, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish imkoniyatini yaratadi", – deb yozgan manba.
So'nggi yillarda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o'rtasidagi yuqori darajadagi aloqalar faollashdi. O'tgan davr mobaynida vazirlar darajasida qator muzokaralar va rahbarlar darajasida uchrashuvlar o'tkazildi, mintaqalar o'rtasidagi munosabatlarni kengaytirish hamda chuqurlashtirish bo'yicha qo'shma "yo'l xaritasi" tuzildi.
Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mintaqasining ikkinchi yirik savdo hamkori sanaladi va ushbu hududga kiritilayotgan investitsiyalarning 40 foizidan ortig'i YI mamlakatalari hissasida to'g'ri keladi. O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston YIning barqaror rivojlanish hamda samarali boshqaruv bo'yicha maxsus imtiyozlar tizimi (GPS+) doirasida Yevropa Ittifoqi bozoriga qulay kirish imkoniyatidan foydalanib kelmoqda.
"YIning Markaziy Osiyo bo'yicha strategiyasi ilk bor 2007-yilda qabul qilingan va 2019-yilda yangilangan. Mazkur strategiyada mintaqaning o'sib borayotgan strategik ahamiyati ta'kidlanadi va u mintaqa yanada barqaror, farovon va o'zaro bog'langan iqtisodiy va siyosiy makonga aylanishi uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Shu bois, ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish uchun Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim bo'yicha muzokaralar olib bormoqda", –deyilgan materialda.
Germaniya OAV Yevropa Kengashi Prezidenti va Yevrokomissiya raisi birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumining ochilish tadbirida ishtirok etishi xabar qilgan.
"Tadbirning ahamiyati shundaki, yetakchi xalqaro siyosatchilar, iqlim bo'yicha ekspertlar va faollarni birlashtirgan forum iqlim o'zgarishidan kelib chiqadigan mintaqaviy va global tahdidlarni bartaraf etish uchun yuqori darajadagi platformani taqdim etish barobarida "yashil" hamda barqaror rivojlanishga bo'lgan umumiy intilishni yana bir bor tasdiqlaydi", – deb yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida