Logo

O'zbekistonda xorijiy sayyohlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar O'mon OAV diqqat markazida

Iyun 07, 2025. 08:15 • 55 soniya

47
O'zbekistonda xorijiy sayyohlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar O'mon OAV diqqat markazida

MASQAT, 7-iyun. "Dunyo" AA/. O'monning "al-Ro'yya" gazetasi va "hormuz.news" elektron nashrida "O'mon va O'zbekiston o'rtasidagi turizm aloqalari mustahkamlanmoqda" sarlavhali maqolalar e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrlarda O'mon va boshqa ko'rfaz arab davlatlari fuqarolari uchun xorijga chiqish osonlashgani, chunki bir necha xorijiy davlatlar, jumladan, O'zbekistonda Ko'rfaz davlatlari fuqarolari uchun kirish vizasi o'ttiz kungacha bekor qilingani ma'lum qilingan.

"O'mon aholisi qadimiy O'zbekistonning diqqatga sazovor joylari va dam olish maskanlariga tashrif buyurishlari, shuningdek, uning so'lim joylarida maroqli dam olishlari mumkin. O'zbekiston tomonidan o'ttiz kungacha kirish vizasining bekor qilinishi ikki davlat o'rtasida rivojlanib borayotgan munosabatlarning bir qismi bo'lib, u sayohat qilishni xohlovchi fuqarolarning sayohatini osonlashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, iqtisodiy, turizm va madaniy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi", – deyilgan nashrlarda.

Shuningdek, maqolalarda O'zbekistonning geografik joylashuvi, yurtimizning boy madaniy va tarixiy merosi, qadimiy yodgorliklari haqidagi muhim ma'lumotlar o'quvchilar e'tiboriga taqdim etilgan.

"O'zbekistonda sayyohlarning maroqli hordiq chiqarishlari ko'plab madaniy tadbirlar va festivallar o'tkaziladi. Bu esa dunyoning turli davlatlaridan sayyohlarni faol jalb etish va o'zbek xalqining madaniy merosini keng targ'ib qilishga ko'maklashmoqda", – deyiladi materiallar yakunida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish