Logo

Pokiston OAV: Toshkentda ilk bor "Central Asian Mining & Geological Exploration Award" mukofoti taqdim etiladi

Iyun 06, 2025. 12:00 • 2 daq

81
Pokiston OAV: Toshkentda ilk bor "Central Asian Mining & Geological Exploration Award" mukofoti taqdim etiladi

ISLOMOBOD, 6-iyun. /"Dunyo" AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari shu yilning 24-25-iyun kunlari Toshkent shahrida "MINEX Central Asia 2025" forumi bo'lib o'tishi to'g'risidagi axborot materiallarini e'lon qildi, deb xabar qilyapti"Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, mazkur davlatning "Global News Pakistan – GNP" axborot agentligi, "Pakistan in the World" va "The Diplomatic Insight" jurnallari, "The World Ambassador", "The Gulf Observer" va "The Europe Today" onlayn platformalari tomonidan mazkur forumga bag'ishlab yozilgan maqolalarda O'zbekiston Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Texnologik metallar kombinati mezbonligida tashkil etilayotgan "MINEX Central Asia 2025" forumi kritik minerallar va strategik metallar sohasida global kelajak masalalari muhokama qilinishi ta'kidlangan.

"Tadbir doirasida nodir metallar ishlab chiqarish va qayta ishlashni qamrab olgan barqaror ta'minot zanjirlarini shakllantirish, mintaqaviy strategik sheriklik va sarmoyaviy muhitni mustahkamlash, ESG standartlari va barqaror konchilik amaliyotini joriy etish, qayta ishlash, raqamlashtirish va innovatsiyaviy yechimlarni tatbiq etish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va mutaxassislar salohiyatini oshirish, global ta'minot zanjirlariga integratsiya va xorijiy investorlar ishtirokida yuqori texnologik loyihalarni rivojlantirish kabi dolzarb mavzular ko'rib chiqiladi", – deyiladi materiallarda.

Pokiston OAV, shuningdek, mazkur forum mintaqaviy va xalqaro darajada barqaror rivojlanish, "yashil" energetika va texnologiyalar transformatsiyasi sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun muhim platforma vazifasini bajarishini ma'lum qilgan.

"Forum davomida ilk bor "Central Asian Mining & Geological Exploration Award" mukofoti taqdim etiladi. Mukofot Markaziy Osiyoda geologiya va konchilik sohasida ilg'or tashabbuslar va yetakchilikni e'tirof etishga qaratilgan", – deb yozilgan manbalarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish