Logo

"Mir 24" telekanali: O'zbekiston Prezidenti qiymati 1,1 milliard dollarga teng bo'lgan elektr stansiyalari qurilishiga start berdi

Mart 28, 2024. 17:13 • 36 soniya

127
"Mir 24" telekanali: O'zbekiston Prezidenti qiymati 1,1 milliard dollarga teng bo'lgan elektr stansiyalari qurilishiga start berdi

TOSHKENT, 29-mart. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning davlatlararo "Mir 24" telekanali saytida Namangan viloyatida yangi elektr stansiyalari qurilishiga bag'ishlangan marosimga bo'lib o'tgani haqida maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Telekanalda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Prezidenti Namangan viloyatiga tashrifi davomida jami qiymati 1,1 milliard dollar, quvvati 1 ming 228 megavatt bo'lgan uchta – gidroelektr stansiyalar kaskadi va ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga  start berdi.

Xabar qilinishicha, bugungi kunda Namanganda jami 913 megavatt generatsiya quvvati mavjud.

"Jumladan, Uychi tumani, Norin daryosida "GES kaskadi"ni barpo qilish rejalashtirilgan. Pop tumanidagi ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishi Germaniya va BAA kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi", – deyiladi maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish