Yaqin Sharq mamlakatlarining yetakchi ommaviy axborot vositalari sahifalarida O'zbekiston mavzusi
May 25, 2025. 10:24 • 2 daq
• 63
AR-RIYOZ, 25-may. /"Dunyo" AA/. Yaqin Sharq mamlakatlarining yetakchi ommaviy axborot vositalari O'zbekiston Prezidentining Sloveniyaga buyurgan rasmiy tashrifi hamda Termiz shahrida bo'lib o'tgan Markaziy va Janubiy Osiyo o'zaro bog'liqligi bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

Jumladan, Saudiya Arabistoning "Sahm News", "An Nahar News", "Al Harir" Iroqning "Agnaden" gazetalari va Iordaniyaning "Ammon News" axborot agentligi O'zbekiston Prezidentining 21-22-may kunlari Sloveniyaga bo'lib o'tgan tashrifiga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilindi.
Maqolalarda tashrif doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar, Bosh vaziri Robert Golob va Milliy assambleyasi Raisi Urshka Klakochar-Zupanchich bilan sermazmun muzokaralar o'tkazani ta'kidlangan.
"Tomonlar siyosat, iqtisodiyot, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, ekologiya, madaniyat, turizm va ta'lim sohalarini qamrab olgan keng ko'lamli masalalarni muhokama qildilar. Qo'shma bayonot, shuningdek, ustuvor yo'nalishlarda erishilgan kelishuvlarni mustahkamlab qo'ygan hukumatlararo va idoralararo bitimlarning salmoqli to'plami qabul qilindi. Tashrif yakunida davlat rahbarlari va ikki mamlakatning 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida O'zbekiston-Sloveniya biznes forumi bo'lib o'tdi", – deb urg'ulangan materiallarda.
Shuningdek, Saudiya Arabistonining "Al Harir" va "An Nahar News" gazetalari 19-21-may kunlari Termiz shahrida bo'lib o'tayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishining ahamiyati haqida yozdi. Maqolalarda O'zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi unutilgan aloqalarni tiklash bo'yicha amaliy qadamlarni tashlayotgani alohida ta'kidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida