"Lookwe": O'zbekiston global muammolarni hal qilishga qaratilgan xalqaro sa'y-harakatlarda faol ishtirok etmoqda
Avgust 06, 2025. 17:04 • 2 daq
• 79
PEKIN, 7-avgust. / "Dunyo" AA/. Xitoyning "Lookwe" jurnalida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-avgust kuni Turkmanistonning "Avaza" milliy sayyohlik hududida bo'lib o'tgan BMTning Dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning III konferensiyasidagi ishtirokiga bag'ishlangan "O'zbekiston kelajakka yo'naltirilgan yangi transport yo'nalishlarini ochmoqda" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkmaniston hukumati tomonidan tashkil etilgan ushbu forumda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, davlat va hukumat rahbarlari hamda rivojlanayotgan davlatlar vakillari ishtirok etdi.
"O'zbekiston maxsus muammolarni hal qilishga qaratilgan xalqaro sa'y-harakatlarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, barqaror transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, savdo yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha izchil choralar ko'rilmoqda. Ular milliy taraqqiyot strategiyasining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylandi, bu esa BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bilan bevosita bog'liq",- deb yozilgan maqolada.
Shuningdek, nashrda 2022-yilda BMT Bosh Assambleyasi O'zbekiston tomonidan 40 davlat bilan hammualliflikda ilgari surilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni mustahkamlash bo'yicha maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma'qullagani ta'kidlangan.
"Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur konferensiyasidagi ishtiroki xalqaro birdamlikni mustahkamlash va muhokama qilinayotgan muammolar bo'yicha barqaror yechimlarni topishga sodiqlikni yana bir bor tasdiqlaydi. Shuningdek, dengizga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyati bo'lmagan davlatlarni global iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuv bo'yicha yangi kun tartibini shakllantirishga konstruktiv hissa qo'shish imkonini beradi", - deb yozilgan "Lookwe" maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida