Logo

"Kyiv Diplomatic": O'zbekiston turizm bo'yicha rekordlarni yangilamoqda

Avgust 05, 2025. 12:41 • 57 soniya

63
"Kyiv Diplomatic": O'zbekiston turizm bo'yicha rekordlarni yangilamoqda

KIYEV, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. "Kyiv Diplomatic" elektron nashrida "O'zbekiston turizm bo'yicha rekordlarni yangiladi – uch oyda deyarli 20 foizga o'sish" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda 2025-yilning aprel-iyun oylarida O'zbekistonga uch milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurib – oylik oqim doimiy ravishda 1 million kishidan oshganligi ma'lum qilingan. "Bu nafaqat mamlakatga bo'lgan barqaror qiziqishni tasdiqlovchi tarixiy natija, balki turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidan dalolatdir." – deyiladi maqolada.

2024-yilning shu davriga nisbatan xorijlik sayyohlar soni qariyb 20 foizga oshgan. 2025-yilning aprel oyida O'zbekiston bir oy ichida ilk bor 1 milliondan ortiq sayyohni qabul qilgan bo'lsa, may oyida yangi rekord o'rnatildi – qariyb 1,1 million, iyun oyida esa yana 1,1 million sayyoh tashrif buyurdi.

Mamlakat imijini yaxshilash, vizasiz rejimni kengaytirish, sohaga sarmoya jalb etish, xalqaro sayyohlik ko'rgazmalari, forumlar va boshqa tadbirlarda faol ushbu natijaga erishda asosiy omil bo'ldi.

"O'zbekistonda kelgusida xalqaro standartlarga mos sayyohlik xizmatlari ko'lamini kengaytirish, jahon bozorida tobora ommalashib borayotgan yo'nalishlar – ekologik va barqaror turizmni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi", – deya urg'ulangan maqola yakunida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish