O'zbekiston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida bo'lib o'tgan siyosiy maslahatlashuvlar Janubiy Koreya OAV diqqat markazida
Mart 28, 2024. 12:57 • 57 soniya
• 129
SEUL, 28-mart. /"Dunyo" AA/. Janubiy Koreya matbuoti 25-mart kuni Toshkentda bo'lib o'tgan O'zbekiston va Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni keng yoritmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, mamlakatning yetakchi bosma nashridan biri — "The Korea Herald" gazetasida bosilgan ushbu mavzudagi maqolada yozilganidek, Toshkentda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Chong Byon Von boshchiligida O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi 16-siyosiy maslahatlashuvlar bo'lib o'tdi.
"Maslahatlashuvlar chog'ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari tahlil qilindi, — deyiladi materialda. — Shuningdek, iqtisodiyot, infratuzilma, energetika, mudofaa sanoati, sog'liqni saqlash, ta'lim, axborot texnologiyalari va atrof-muhit kabi turli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishga doir masalalar muhokama qilindi".
Ta'kidlanishicha, siyosiy maslahatlashuvlar doirasida ikki tomon ham asosiy xom ashyo, xususan, nodir metallarni yetkazib berish zanjirlarini mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar va bu yo'nalishdagi hamkorlikni davom ettirish niyatlarini ta'kidladilar.
"Maslahatlashuvlar natijasida har ikki tomon kelgusida strategik sheriklikni mustahkamlash, yetakchilar va yuqori darajadagi almashuvlarni kengaytirish bo'yicha intilishlarini tasdiqladilar", — deb yozgan "The Korea Herald".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida