Logo

Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida 4 ta qo'shimcha savdo yo'laklari ochilishi mumkin

Mart 04, 2025. 08:15 • 50 soniya

262
Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida 4 ta qo'shimcha savdo yo'laklari ochilishi mumkin

OSTONA, 4-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston va Qozog'iston o'rtadagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida 4 ta qo'shimcha savdo yo'laklari ochilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Kazinform"xalqaro axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, Jetisu viloyati tadbirkorlari bilan uchrashgan O'zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov mazkur tashabbusning amalga oshirilishi haqida gapirdi.

Bundan tashqari, diplomatik missiya rahbari O'zbekistonning iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini tavsiflab berdi. Xususan, Toshkent davlat chegaralaridagi nazorat-o'tkazish punktlarini ta'mirlanmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, bu tovar ayirboshlash hajmining oshishiga bevosita xizmat qiladi.

"Kazinform" XAA, shuningdek, o'tgan yili Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshganini urg'ulagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish