O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi aralashuvi bilan vatandoshimizning ish haqi undirib berildi
Sentabr 27, 2025. 12:22 • 39 soniya
• 68
IRKUTSK, 30-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari tomonidan Rossiyaning Irkutsk shahridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qabul davomida hamyurtlarimizga fuqarolik pasportlari va Vatanga qaytish sertifikatlari topshirildi, shuningdek, yo'qolgan va muddati o'tgan pasportlarni almashtirish bo'yicha murojaatlar qabul qilindi.
Jumladan, Irkutskda vaqtincha ishlayotgan hamyurtimiz mahalliy ish beruvchi korxona ish haqini o'z vaqtida to'lab bermayotgani to'g'risida murojaat qildi. Holat atroflicha o'rganilib, Bosh konsulxona aralashuvi bilan mahalliy huquqni himoya qiluvchi organlar yordamida, hamyurtimizning ish haqi undirib berildi.
Vatandoshlar bilan kechgan muloqotda mezbon mamlakat qonunlariga rioya qilish muhimligi ta'kidlandi. Shuningdek, qonuniy huquq va manfaatlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida