Logo

O'zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 million o'quvchi mamlakat bo'ylab sayohat qilishi mumkin

May 20, 2025. 15:03 • 37 soniya

147
O'zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 million o'quvchi mamlakat bo'ylab sayohat qilishi mumkin

OSTONA, 20-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonda bolalar turizmini rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli dastur boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, ushbu dastur doirasida har yili 1 million maktab o'quvchisi mamlakat bo'ylab sayohat qilishi mumkin bo'ladi. Dasturning asosiy maqsadi maktab o'quvchilarining bo'sh vaqtini qiziqarli va foydali tashkil etishdir.

Shu maqsadda Qoraqalpog'iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi "Barkamol avlod" markazlarida kamida 100 o'rinli "Bolalar sayyohlik bazasi" tashkil qilinadi.

Shuningdek, "Barkamol avlod" maktablari, "Yoshlik" sport jamiyati va O'quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtiriladi. Ular ta'mirlanib, zamonaviy yo'nalishlarga mos jihozlanadi, xorijiy tillar, sun'iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to'garaklar ochiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish