Tyuringiya landtagi prezidenti: O'zbekiston bilan barcha yo'nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz
Avgust 15, 2025. 14:57 • 44 soniya
• 50
BERLIN, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. Tyuringiya federal o'lkasi parlamenti saytida "O'zbekiston elchisi Tyuringiya landtagiga tashrif buyurdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov Tyuringiya federal o'lkasi bilan ko'p qirrali hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Tyuringiya landtag (parlament) prezidenti Tadius Kyonig bilan uchrashuv o'tkazdi", – deyilgan nashrda.
Maqolada so'nggi yillarda O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalar kengayib, mustahkamlanib borayotgani ta'kidlangan.
"Tyuringiya va O'zbekiston nafaqat iqtisodiyot, ta'lim va ilm-fan sohalarida, balki barcha yo'nalishlarda uzviy hamkorlik qilishdan manfaatdordir. Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida mustahkam aloqalar o'rnatildi va muhim kelishuvlarga erishildi. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi muntazam o'zaro tashriflar va tajriba almashinuvlari hamkorlikning faollashishiga xizmat qilmoqda. O'zbekiston elchisini Tyuringiya landtagida qabul qilib, ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qilganimizdan juda xursandmiz", – deya landtag prezidenti Tadius Kyonig so'zlaridan iqtibos keltirilgan materialda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida