O'zbekistonning BMTdagi yangi Doimiy vakili tayinlandi
Avgust 25, 2023. 16:53 • 50 soniya
• 1744
TOSHKENT, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. Oliy Majlis Senati Kengashining 3-avgustdagi qaroriga muvofiq Ulug'bek Lapasov O'zbekistonning BMTdagi Doimiy vakili etib tayinlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri TIV ma'lumotiga tayanib.

Tayinlovga qadar Ulug'bek Lapasov O'zbekistonning BMT vakolatxonasi va Jenevadagi (Shvetsariya) boshqa xalqaro tashkilotlarning doimiy vakili lavozimida ishlagan.
Ulug'bek Lapasov 40 yoshda. U Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, shuningdek, bir qator xorijiy universitetlar dasturlarini tamomlagan. Tashqi ishlar vazirligi tizimida stajyor sifatida ish boshlagan, markaziy apparatda va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda mehnat faoliyatini olib borgan. 2016-yildan beri maslahatchi, muvaqqat ishlar vakili, BMTning Jenevadagi vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili, elchi. Fransuz, ingliz, rus tillarida so'zlasha oladi.
Ulug'bek Lapasov 2017-yilning may oyidan beri Nyu-Yorkda O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili bo'lib ishlab kelayotgan Baxtiyor Ibragimov o'rnini egalladi. 2019-yil iyun oyida BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida O'zbekiston birinchi marta navbatdagi sessiya raisining o'rinbosari etib saylandi, uning vazifasini Baxtiyor Ibragimov mamlakatimizning doimiy vakili sifatida BMT bosh Assambleyasining 74-sessiyasida 2019-yil sentyabrdan 2020-yil sentyabrgacha bajardi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi