Logo

O'zbekistonning yangi elchisi Bryusselga tashrif buyurdi

Dekabr 06, 2023. 09:17 • 35 soniya

3273
O'zbekistonning yangi elchisi Bryusselga tashrif buyurdi

BRYUSSEL, 6-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi G'ayrat Fozilov kecha tunda Belgiya va Yevropa Ittifoqi poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

G'ayrat Fozilov 2015–2017 va 2021–2023-yillarda O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimida ishlagan. TIV qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

1996-yildan buyon TIV tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Diplomatik xizmatini Yevropa davlatlari bilan hamkorlik bo'yicha boshqarma attashesi sifatida boshlagan. TIV markaziy apparatida, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida, shuningdek, mamlakatimizning Fransiya, va Belgiyadagi elchixonalarida, NATO huzuridagi missiyada turli lavozimlarda ishlagan. 2018-2021-yillarda Yaponiyadagi elchi vazifasida faoliyat yuritgan.

Diplomat fransuz va ingliz tillarini biladi.

G'ayrat Fozilov 2017–2023-yillarda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi, O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi (qarorgohi Bryussel shahrida) vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan Dilyor Hakimov o'rniga tayinlandi.

 

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish