O‘zbekiston elchixonasida Ukrainalik tadbirkorlar bilan iqtisodiy sohada muloqot bo‘lib o‘tdi
Noyabr 28, 2025. 12:35 • 2 daq
• 117KIYEV, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasida “U Win Business Club” uyushmasi aʼzolari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“U Win business club” Ukrainaning g‘arbiy hududlari – Lvov, Volin, Ivano-Frankovsk va Ternopolda faoliyat yuritayotgan yirik tadbirkorlarni birlashtirgan nufuzli jamiyat hisoblanadi.
Uchrashuvda ushbu jamiyatga aʼzo yirik biznes va investitsiya sohasi vakillari qatnashib, ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalasida fikr-mulohaza almashdi.
Xususan, muloqot davomida “Tri sloni”, “Gora”, “Development West Group”, “Videnska kava”, “Markkveyn Ukraina”, “Biscotti”, “Citadel Inn”, “Shoco”, “Laluce”, “Daily Dose”, “Florbest”, “TOPHIM”, “Budmall”, “Sollar Energy”, “Amway”, “Chernomorka” kabi yirik kompaniyalarning rahbarlari bevosita va onlayn tarzda mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etdi.
Diplomatlarimiz ukrainalik tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi. Jumladan, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar, mamlakatimizning savdo-investitsion, transport-logistika, konsalting xizmatlari, tekstil va axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlari bo‘yicha tushuncha berildi.
Ukrainalik ishbilarmonlar yurtimizdagi mahalliy kompaniyalar bilan savdo-iqtisodiy yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonga investitsiya kiritish yuzasidan qator qiziqarli taklif va amaliy biznes tashabbuslarni ilgari surdi.
Tadbir yakunida ikki tomon ham uchrashuvning muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlab, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va biznes uchun yangi yo‘nalishlarni izlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi

