Logo

O'zbekiston oliy o'quv yurtlari delegatsiyasi Shvetsiya ta'lim modeli bilan tanishdi

Fevral 14, 2025. 10:07 • 42 soniya

153
O'zbekiston oliy o'quv yurtlari delegatsiyasi Shvetsiya ta'lim modeli bilan tanishdi

STOKGOLM, 14-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida shu yilning 11-12-fevral kunlari mamlakatimizdagi yetakchi oliy o'quv yurtlari vakillaridan iborat delegatsiyaning Shvetsiyaga safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri .

Safar doirasida yurtimiz diplomatik vakolatxonasida oliy ta'lim sohasidagi aloqalarga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

 Unda Shvetsiyaning zamonaviy ta'lim modeli, boshlang'ich, o'rta va oliy ta'lim tizimini tashkil etish xususiyatlari haqida ma'lumot berildi.

– Shvetsiya ta'lim va tadqiqot sohasidagi yuqori standartlari bilan mashhur. Ushbu muhim omillar mamlakatning muvaffaqiyatli iqtisodiy va texnologik rivojlanishi uchun asosiy asoslardan biri bo'lib xizmat qilyapti. Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universiteti va mamlakatimizning boshqa bir qator oliy ta'lim muassasalari Shimoliy Yevropa, jumladan, Shvetsiya universitetlari va tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish katta salohiyatga ega. Bugun biz bu borada o'z oldimizga yangi yo'nalishlarni belgilab oldik, – dedi Nordik xalqaro universiteti prorektori Odil Qo'ysinov.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish