Logo

O'zbekiston va Polsha oliy o'quv yurtlari qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni kengaytiradi

Iyul 11, 2025. 15:32 • 47 soniya

406
O'zbekiston va Polsha oliy o'quv yurtlari qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni kengaytiradi

VARSHAVA, 11-iyul. "Dunyo" AA/. O'zbekistonning Polshadagi elchixonasi xodimlari "Study in Poland" yillik uchrashuvida ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Tadbir "Perspektywy" fondi tomonidan Polsha Fan va oliy ta'lim vazirligi hamda "KRASP" ko'magida tashkil etildi.

Uchrashuvda Turkiya va Marokash qatori O'zbekistonga Polsha oliy o'quv yurtlarining ustuvor hamkori sifatida alohida e'tibor qaratildi. "Perspektywy" fondi prezidenti Bianka Sivinska O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

– Bugun O'zbekiston bu sohada mintaqaning lokomotiviga aylanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat kelajagi bo'lgan ta'limga katta sarmoya kiritmoqda, – dedi jamg'arma rahbari. – Shuningdek, Prezident maktablari, texnik ta'lim yo'nalishlarida xotin-qizlarning qo'llab-quvvatlanayotgani juda muhim.

Polsha tomoni hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan ta'lim dasturlarida ishtirok etish, akademik mobillik va viza yordamini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, 2026 yilda Buxoro va Xiva shaharlarida bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Polsha rektorlari forumini yuqori darajada tashkil etishning muhimligi ta'kidlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish