Logo

Donald Tramp Coca-Cola ichimliklariga shakarqamish qo'shishni xohlamoqda

Iyul 17, 2025. 18:04 • 2 daq

58
Donald Tramp Coca-Cola ichimliklariga shakarqamish qo'shishni xohlamoqda

VASHINGTON, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. Prezident Donald Tramp "Coca-Cola" kompaniyasi AQShda sotiladigan ichimliklarda shakarqamishdan foydalanishga rozi bo'lganini ma'lum qildi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Men Coca-Cola bilan ular kolaning Amerika variantida haqiqiy shakarqamishdan foydalana boshlagani haqida gaplashdim va ular rozi bo'lishdi, – deb yozdi davlat rahbari o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. – Men kompaniyada bu qarorni qabul qilgan barchaga minnatdorlik bildiraman".

Retseptdagi o'zgarishlarni to'g'ridan-to'g'ri tasdiqlamay turib, kompaniya vakili kompaniya prezidentning ishtiyoqini qadrlashini va tez orada Coca-Cola liniyasidagi yangi innovatsion mahsulotlar haqida batafsil ma'lumot berishini aytdi. Qo'shma Shtatlarda 1980-yillardan beri Coca-Cola odatda o'z ichimliklarini yuqori fruktozali makkajo'xori siropi bilan shirin ta'm berilgan bo'lsa, Meksika, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi davlatlar ko'proq shakarqamishdan foydalanadi.

Joriy yilning aprel oyida Coca-Cola bosh direktori Jeyms Kvinsi sarmoyadorlarga kompaniya qayta shakllantirish orqali ichimliklardagi shakar miqdorini kamaytirishda muvaffaqiyatga erishishda davom etayotganini aytdi.

Biroq, Makkajo'xorini qayta ishlash assotsiatsiyasi prezidenti va bosh direktori Jon Bodenning aytishicha, makkajo'xori siropini shakarqamishga almashtirish AQSh oziq-ovqat sanoatidagi minglab ish o'rinlarini yo'qotilishiga, fermer xo'jaliklarining daromadlarini pasayishiga va xorijiy shakar importining oshishiga olib keladi.

AQSh sog'liqni saqlash vaziri kichik Robert Kennedi va uning "Make America Healthy Again" harakati mahsulotlardan makkajo'xori siropi, o'simlik moylari va sun'iy ranglar kabi ingrediyentlarni olib tashlashni, ular sog'liq uchun muammolar keltirib chiqarishini ta'kidlagan edi.

U, shuningdek, Qo'shma Shtatlarda shakarning haddan tashqari iste'mol qilinishini tanqid qildi va bu yozda milliy ovqatlanish bo'yicha ko'rsatmalarni yangilashni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

"Trampning o'zi shakar o'rnini bosuvchi "Diet Coke" (parhezbop Coca-Cola)ni afzal ko'radi. U hatto Oq uyning Oval kabinetida ushbu ichimlikka buyurtma berish uchun maxsus tugmacha o'rnatgan", – deya xabar beradi VVS.

Coca-Cola ichimliklari O'zbekistonda 1993 yildan beri ishlab chiqariladi. Kompaniya ma'lumotiga ko'ra, u xomashyo va xizmatlarning qariyb 86 foizini mahalliy yetkazib beruvchilardan xarid qiladi. Mamlakatda sotiladigan klassik Coca-Cola makkajo'xori siropi va aromatik moylarning xususiy aralashmasi qo'shiladi.

"CNN" olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish