Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Qozon davlat tibbiyot universiteti o'rtasidagi qo'shma ta'lim dasturining ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi
Iyul 02, 2025. 15:36 • 53 soniya
• 601
QOZON, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. Qozon shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Qozon davlat tibbiyot universiteti qo'shma ta'lim dasturining birinchi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ta'lim dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan o'tgan 26 nafar bitiruvchiga shifokor malakasini beruvchi oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom Tatariston Davlat Kengashi binosida tantanali ravishda topshirildi. Bitiruvchilarni Tatariston Respublikasi rahbariyati nomidan Tatariston Davlat Kengashi va Tatariston Xalqlari Assambleyasi raisi Farid Muxametshin tabrikladi.
2017-yil oktabr oyida Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Qozon davlat tibbiyot universiteti o'rtasida professor-o'qituvchilar, olimlar, mutaxassislar o'rtasida tajriba almashish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, qo'shma ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolangan edi.
Hujjatga ko'ra, 2019-yildan boshlab ikki mamlakat universitetlari o'rtasida davolash ishi mutaxassisligi bo'yicha ikki tomonlama diplom berish qo'shma ta'lim dasturi yo'lga qo'yilgan.
Ta'kidlash joizki, bu O'zbekiston va Rossiya oliy ta'lim muassasalari o'rtasida qo'shma ta'lim dasturi asosida tahsil olgan bo'lajak shifokorlarning dastlabki bitiruvchilaridir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi