O'zbekiston va Buyuk Britaniya ta'lim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilmoqda
Dekabr 10, 2023. 13:04 • 43 soniya
• 267
TOSHKENT, 10-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida 8-dekabr kuni TIVning Yevropa mamlakatlari va YI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i Oybek Shaxavdinov Birmingem universiteti direktori Alisa Chembers bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki davlat o'rtasida ta'lim sohasidagi aloqalar faol rivojlanayotganini olqishladilar. Xususan, O'zbekistonda bir qator Britaniya universitetlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligi ta'kidlandi.
Britaniya tomoni o'tgan davr mobaynida Birmingem universitetini bir qator O'zbekiston fuqarolari muvaffaqiyatli tamomlab, bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida mehnat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha Birmingem universiteti va O'zbekistonning tegishli oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish, qo'shma tadbirlar o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi