Logo

"Vatan" jurnalining ikkinchi soni nashrdan chiqdi

Iyun 21, 2024. 17:51 • 41 soniya

737
"Vatan" jurnalining ikkinchi soni nashrdan chiqdi

TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi muassisligidagi "Vatan" jurnalining ikkinchi soni nashrdan chiqdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jurnal qisqa vaqt ichida ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma'rifiy hayotimizni aks ettiruvchi tahliliy maqolalar bilan mushtariylar mehrini qozonib ulgurdi.

"Vatan" jurnalining bu galgi sonida O'zbekistonning xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlari, xorijdagi vatandoshlarimiz haqidagi materiallarga alohida e'tibor qaratilgan.

Jumladan, O'zbekiston va Xitoy munosabatlari, ishonchli va teng manfaatli hamkorligiga bag'ishlangan maqola, AQShdagi vatandoshimiz Abdulla Xo'janing "Vatan, to tanda jonim bor, seningdirman...", Turkiya Buyuk millat majlisi Osman Mestenning "O'zbekiston buyuk Turkistonning qalbidir" sarlavhali maqolalar va boshqa mualliflarning ijodiy ishlari ham sizni mutolaaga, tafakkurga chorlashi aniq.

Bundan tashqari, jurnalda Edvard Saidning "Oriyentalizm", Timoti Uinterning "XXI asrda islom", Umberto Ekoning "Joys poetikalari" asarlaridan parchalarni mutolaa qilishni tavsiya etamiz.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish