Logo

Ayollarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo'yicha konferensiya tashkil etildi

Noyabr 07, 2025. 20:46 • 55 soniya

62
Ayollarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo'yicha konferensiya tashkil etildi

TOSHKENT, 7-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati vakillari, Ombudsman, xorijiy davlatlar elchixonalari vakillari, xalqaro ekspertlar, vazirlik va idoralarning mas'ullari, fuqarolik jamiyati institutlari a'zolari, "Rahbar ayollar maktabi" dasturi bitiruvchilari hamda OAV xodimlari qatnashdi.

2030 yilgacha O'zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasi ijrosi, xususan, ayollarning davlat xizmatidagi o'rnini oshirish hamda sohada ularning ilg'or tajribalarni joriy qilish konferensiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Tadbir jarayonlarida davlat xizmatini isloh qilishda xotin-qizlar ishtiroki, qonunchilik va institutsional kafolatlar, xalqaro indekslar hamda yetakchilik kompetensiya masalalari muhokama qilindi. OESD, Jahon banki va Yevropa Ittifoqi vakillarining taqdimotlari tinglandi.

Konferensiya ishi davom etmoqda. Sessiyalarda gender siyosat, teng imkoniyatlar, ta'lim orqali intellektual salohiyatni oshirish bo'yicha ilg'or amaliyotlar muhokama qilinmoqda.

Tadbir yakunida ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish, rahbar ayollar sonini oshirish va mavjud to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Ushbu tavsiyalar mamlakatimizda milliy gender siyosatini rivojlantirishda muhim omil sifatida baholanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish