Logo

"Mahalla yettiligi" tomonidan qo'shimcha shakllantirilgan ro'yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi

Noyabr 03, 2025. 17:23 • 37 soniya

226
"Mahalla yettiligi" tomonidan qo'shimcha shakllantirilgan ro'yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi

TOSHKENT, 3-noyabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yil noyabr oyida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri", "Kambag'al oilalar reyestri"ga kiritilgan oilalar hamda "Mahalla yettiligi" tomonidan qo'shimcha shakllantirilgan ro'yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga ko'ra, bugungi kunda mazkur ikki reyestrda ("Ijtimoiy himoya yagona reyestri", "Kambag'al oilalar reyestri") 816 mingta oila mavjud. Joriy yil 19-sentyabr holatiga ko'ra, "Mahalla yettiligi" tomonidan 317 698 ta qo'shimcha ehtiyojmand oilalar ro'yxati tuzildi.

 Bu borada, agentlik tomonidan tayyorlangan video-lavha orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

 

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish