Logo

O'zbekiston diplomati tomonidan o'zbek tilini o'rganish bo'yicha tayyorlangan darslik respublika tanlovida g'olib deb topildi

Oktabr 18, 2025. 10:57 • 57 soniya

507
O'zbekiston diplomati tomonidan o'zbek tilini o'rganish bo'yicha tayyorlangan darslik respublika tanlovida g'olib deb topildi

QOHIRA, 18-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan o'tkazilgan "Jonajon o'zbek tilim" respublika tanlovida mamlakatimizning Misrdagi elchixonasi xodimi Otabek Alimov tomonidan tayyorlangan darslik g'olib deb topildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu nashr tanlovning "O'zbek tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish" yo'nalishi bo'yicha eng ilg'or loyiha sifatida e'tirof etildi.

Qayd etish joizki, Qohira universitetida o'zbek tilini o'rganayotgan talabalar talabiga ko'ra, diplomat tashabbusi bilan ingliz tilidagi "Uzbek Language. Complete Self-Study Guide in 22 Lessons" nomli ilmiy-amaliy qo'llanma tayyorlandi va elchixona tomonidan nashr etildi.

Darslik Amazon platformasida elektron va rangli bosma ko'rinishida, shuningdek, Google Books va Google Play orqali ilova shaklida ham taqdim etilgan.

Qo'llanmaning rus tilidagi tarjimasi – "Uzbekskiy yazik: Polniy kurs za 22 uroka" – "Litres" va "OZON" kabi yirik onlayn kitob do'konlarida sotuvga chiqarilgan. Kitobni arab va boshqa tillarga ham tarjima qilish rejalashtirilmoqda. Mazkur loyiha o'zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish va uning o'qitilish geografiyasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish