Logo

O'zbekistonlik o'quvchilar "Xotira poyezdi-2025" madaniy-ma'rifiy loyihasida ishtirok etmoqda

Iyun 23, 2025. 10:39 • 44 soniya

112
O'zbekistonlik o'quvchilar "Xotira poyezdi-2025" madaniy-ma'rifiy loyihasida ishtirok etmoqda

MOSKVA, 23-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston maktab o'quvchilari joriy yilning 20-iyundan 5-iyuliga qadar bo'lib o'tayotgan "Xotira poyezdi-2025" loyihasida ishtirok etmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Bu yil ikki qavatli poyezd Belarus va Rossiyaning ko'plab shaharlaridan o'tadi. Ular orasida Minsk, Moskva va Sankt-Peterburg bor.

Ikki hafta ichida maktab o'quvchilari Rossiya viloyatlari va Belorussiyaning turli hududlariga tashrif buyurishadi.

"Xotira poyezdi" loyihasi Rossiya-Belarus madaniy-ma'rifiy tadbiri bo'lib, uning doirasida turli mamlakatlardan yoshlar Rossiya va Belarus shaharlariga sayohat qiladilar.

Mazkur loyiha 2022-yilda boshlangan bo'lib, uning asosiy maqsadi yoshlarni Ikkinchi jahon urushi tarixi bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ajdodlarimiz qahramonligini xotirada saqlash avlodlarning muqaddas burchini anglashdan iborat.

"Xotira poyezdi" turli hududlardan kelgan ishtirokchilarga do'stlashish, bir-birlarining madaniy an'analari va turli xalqlarning urf-odatlarini o'rganish imkonini beradi.

Yo'lovchilar orasida Belarus, Rossiya, Qirg'iziston, Armaniston, Qozog'iston, Ozarbayjon va Tojikistondan kelgan o'quvchilar ham bor.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish