O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Qozog'istonga tashrif buyurdi
Avgust 19, 2025. 10:01 • 46 soniya
• 21
TOSHKENT, 19-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi kecha Qozog'iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayevning taklifiga binoan Ostona shahriga rasmiy tashrif bilan bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, tashrif doirasida O'zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qozog'iston Parlamenti Senati o'rtasida 2025-2026-yillarga mo'ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha "yo'l xaritasi"ni imzolash rejalashtirilgan. Hujjat parlamentlararo muloqotni mustahkamlash va ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar bo'yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq Senat Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog'iston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev, Qozog'iston Parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koshanov, shuningdek, Qozog'iston Prezidenti huzuridagi Xotin-qizlar va oilaviy-demografik siyosat ishlari bo'yicha milliy komissiya a'zolari bilan uchrashuvlari nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, delegatsiya a'zolari O'zbekiston va Qozog'iston ilmiy-ijodiy ziyolilarining birinchi forumida ham ishtirok etadi, shuningdek, "Ostona" xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Qatar parlament aʼzolari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi