O'zbekiston oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Polshada tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdi
Aprel 30, 2025. 12:41 • 40 soniya
• 711
VARSHAVA, 30-aprel. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida joriy yilning 22-25-aprel kunlari O'zbekiston oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Sarvarxon Buzrukxonovning Polshaga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida Varshava texnika universitetida Polshada tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Ochiq muloqot ruhida o'tgan ushbu tadbir davomida talabalar o'zlarining ta'lim jarayoni, erishayotgan yutuqlari, kelajakdagi orzu-intilishlari hamda duch kelayotgan muammolari haqida so'zlab berishdi. Vazir o'rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov talabalarni tinglab, ularga kerakli tavsiyalar berdi, elchixona bilan bog'liq masalalarni joyida hal etish bo'yicha choralar ko'rildi.
Shuningdek, muloqot doirasida Polshada faoliyat yuritayotgan, o'zining faolligi va bilimga chanqoqligi bilan ajralib turgan, ta'lim sohasida sezilarli yutuqlarga erishgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Qatar parlament aʼzolari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi