Germaniya Bundestagi deputatlari 19-24-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ladi
Oktabr 17, 2025. 09:18 • 2 daq
• 106
BERLIN, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Germaniya parlamenti rasmiy saytida Bundestag deputatlarining O'zbekistonga tashrifi haqidagi axborot materiali e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Joriy yilning 19-24-oktyabr kunlari Bundestagning Qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat va vatan qo'mitasi deputatlaridan iborat delegatsiyasi qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyuradi", – deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, qishloq xo'jaligi O'zbekiston iqtisodiyotining eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Biroq, suv tanqisligi muammosi bu yerda ham kuzatilmoqda. Hatto Germaniyada ham qurg'oqchilik davrining cho'zilishi, yil fasllarida yog'ingarchilikning nomutanosibligi mamlakat qishloq xo'jaligiga salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Shu ma'noda, O'zbekistonda bu sohada erishilayotgan yutuqlar va yangicha yondashuvlar Germaniya uchun ham katta ahamiyat kasb etishi mumkin, deb yozadi nashr.
Nemis deputatlari O'zbekiston qishloq xo'jaligi vaziri hamda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining agrar masalalar bo'yicha qo'mitasi bilan uchrashuvlar o'tkazadi. Shuningdek, safar chog'ida delegatsiya a'zolari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurib, suv tanqisligidan aziyat chekayotgan joylar bilan tanishadi. Tashrif davomida Germaniya hukumati ko'magida amalga oshirilayotgan qishloq xo'jaligi loyihalarini ko'zdan kechirish ko'zda tutilgan.
"Bundan tashqari, delegatsiya a'zolari agrar sohada amalga oshirilayotgan O'zbekiston tajribasi bilan tanishish maqsadida meva va sabzavot yetishtirish, chorvachilik xo'jaliklariga tashrif buyuradilar. Toshkent davlat agrar universitetida rejalashtirilgan uchrashuvda barqaror rivojlanish sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar yuzasidan ilmiy muhokamalar bo'lib o'tishi kutilmoqda", – deb yozilgan manbada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
Oliy Majlis Senati raisi Vengriya Prezidenti bilan uchrashdi