Polsha delegatsiyasi O'zbekistonda demokratik davlat asoslarini mustahkamlash va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasidagi islohotlarni yuqori baholadi
Mart 16, 2024. 14:44 • 2 daq
• 114
TOSHKENT, 16-mart. /"Dunyo" AA/. Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev Polsha madaniyat va milliy meros vazirining o'rinbosari Bojena Jelazovska boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida O'zbekiston-Polsha munosabatlarining holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida o'zaro tajriba almashishni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlarga Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish, mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar to'g'risida ma'lumot berildi.
Polsha tomoni O'zbekistonda demokratik davlat asoslarini mustahkamlash va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Suhbat davomida ikki tomonlama parlamentlararo muloqot izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatlarimiz qonun chiqaruvchi organlari o'rtasida o'zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni faollashtirishda o'zaro qiziqish bildirildi.
Hududlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko'rib chiqildi.
"Varshava-Toshkent-Varshava" to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovining ochilishi Polsha tomoni uchun ham juda uzoq kutilgan voqea ekani alohida ta'kidlandi.
Tomonlar turizm sohasidagi hamkorlik uchun katta salohiyat mavjudligini ta'kidlab, ikki davlat poytaxtlari o'rtasida muntazam aviaqatnovlar yo'lga qo'yilgani ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga, o'zaro sayyohlik oqimini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Qatar parlament aʼzolari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi